platina.uz
Jamiyat

Toshkent-Samarqand yangi avtomobil yoʻli qurilishi boshlanadi

Prezident yoʻl qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etmoqda. Ayni paytda Oʻzbekistondagi xalqaro yoʻllarning 30 foizi toʻliq quvvatda, yana 25 foizi ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani qayd etildi. 

Toshkent-Samarqand yangi avtomobil yoʻli qurilishi boshlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻrta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi yangi avtomobil yoʻli qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari soʻnggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030 yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish boʻyicha katta marra olinganini taʼkidladi.

Bugun Oʻzbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yoʻl oʻtgan. Ayni paytda xalqaro yoʻllarning 30 foizi toʻliq quvvatda, yana 25 foizi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” va Transafgʻon temir yoʻllari ishga tushgach, Oʻzbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha boʻlgan eng qisqa quruqlik yoʻlagining asosiy boʻgʻiniga aylanadi. Shuningdek, Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ochiladi.

Hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekiston yiliga qoʻshimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa, 400-600 million dollar daromad olinadi, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi, kamida 50 mingta barqaror ish oʻrni yaratiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid