platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan maxsus texnikalar bilan tanishdi

“Nurafshon maxsus texnika” korxonasida bugungi kunda “KRANTAS” brendi ostida maxsus turdagi avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda, 300 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassis doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan maxsus texnikalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi “Nurafshon maxsus texnika” korxonasiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizda avtomobilsozlik va mashinasozlik tarmoqlarini zamonaviy talablar asosida isloh qilish, sohaning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Umumiy qiymati 50 million AQSh dollari boʻlgan loyiha doirasida 25,8 gektar maydonda tashkil etilgan “Nurafshon maxsus texnika” korxonasida bugungi kunda “KRANTAS” brendi ostida maxsus turdagi avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda, 300 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassis doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.

Ishlab chiqarishda foydalanilayotgan uskuna va texnologiyalar AQSh, Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Rossiya, Xitoy hamda Turkiya davlatlaridan keltirilgan.

Oʻtgan davrda 2 yarim ming tonnaga yaqin metall konstruksiya, 300 dan ziyod avtomobil ustqurmasi, 200 dan ortiq shassi va 20 dan ziyod traktor ishlab chiqarildi. Jumladan, oʻtgan yilda 275 milliard soʻmlik texnika va mexanizmlar buyurtmachilarga yetkazib berildi.

Korxona import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu maqsadda Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi 10 gektar yer maydonida yangi zavod qurish rejalashtirilgan. Bu esa yiliga 15-18 million AQSh dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari majmuadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar va zamonaviy texnologik yechimlarni koʻzdan kechirdi. Soha mutasaddilari va muhandislar bilan muloqotda mahalliylashtirishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid