platina.uz
Jamiyat

Qorasuv kanalining 9 km uzunlikdagi qismi obodonlashtiriladi

Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilayotgan boʻlib, dastlab Oʻrta Chirchiqdagi Tinchlik va Qorasuv mahallalari oraligʻidagi 1,6 kilometr uzunlikda sohil qismi obodonlashtirildi. Piyodalar uchun zamonaviy yoʻlaklar, favvora, vorkaut maydonchalari, akvapark hamda koʻprik osti tunneli barpo etildi. 

Qorasuv kanalining 9 km uzunlikdagi qismi obodonlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻrta Chirchiq tumanidagi Qorasuv kanali boʻyida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida sohil boʻyi maskanlarini tartibga solish va u yerda zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday loyihalar nafaqat aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratishga, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Oʻrta Chirchiq tumanidagi Qorasuv kanali sohili ham bugun ana shunday soʻlim maskanlardan biriga aylanmoqda. Oʻtgan yili boshlangan qurilish ishlari natijasida 32 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ hisobidan sohil boʻyining 9 kilometr uzunlikdagi qismi obodonlashtiriladi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilayotgan boʻlib, dastlab Tinchlik va Qorasuv mahallalari oraligʻidagi 1,6 kilometr uzunlikda sohil qismi obodonlashtirildi. Piyodalar uchun zamonaviy yoʻlaklar, favvora, vorkaut maydonchalari, akvapark hamda koʻprik osti tunneli aholi xizmatiga shay.

Hududda, shuningdek, manzarali daraxtlar, qulay oʻrindiqlar bilan birga umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari ham barpo etilgan.

Keyingi bosqichda Qorasuv, Rovatak va Fayzobod mahallalaridan oʻtuvchi qismida koʻngilochar, dam olish va gastronomik koʻchalari tashkil etiladi. Savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari soni 6 taga yetkazilib, 150 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid