platina.uz
Jamiyat

"Oʻzbekneftgaz" sobiq rahbari Bahodirjon Sidiqov ishi sudga oshirildi

Sidiqov bilan birga “Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasi bosh direktori Usmonov Ulugbek Alimjonovich, “Eriell Management” MChJ direktori Boboyev Nodirjon Nasimjonovich, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining sobiq oʻrinbosari Anarkulov Baxtiyar Raxmankulovich kabilardan iborat jami 9 kishi sudlanmoqda.

"Oʻzbekneftgaz" sobiq rahbari Bahodirjon Sidiqov ishi sudga oshirildi

"Oʻzbekneftgaz" sobiq rahbari Bahodirjon Sidiqov ishi sudga oshirildi.

"Oʻzbekneftgaz" AJning sobiq boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqovga nisbatan jinoyat ishi sudga oshirildi.

U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) hamda 209-moddasi (mansab soxtakorligi)ning qator qismlari boʻyicha ayblanmoqda.

Ushbu ish doirasida Sidiqov bilan birga Enter Engineering Pte. Ltd, Eriell Management va "Oʻzbekneftgaz"ning sobiq rahbar xodimlari ham boʻlgan jami 9 nafar shaxs sudlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Sidiqov 2026 yil yanvarda ushlangandi. Avvalroq Davaktiv sobiq rahbari Akmalxon Ortiqov ishi ham sudga oshirilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid