platina.uz
Jamiyat

Interpol orqali qidiruvda boʻlgan uch shaxs Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ushbu shaxslar tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurganlarida ushlangan. 

Interpol orqali qidiruvda boʻlgan uch shaxs Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol orqali qidiruvda boʻlgan uch shaxs Oʻzbekistonga qaytarildi.

Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan uch nafar shaxsni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilishga erishdi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgan xalqaro qidiruvdagi uch nafar shaxsning turgan joyi aniqlanib, ular qoʻlga olindi.

Jumladan, Samarqand viloyatida tugʻilgan 28 yoshli shaxs jinsiy zoʻravonlik bilan bogʻliq ogʻir jinoyatni sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida tugʻilgan 34 yoshli shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan.

Yana bir holatda esa Toshkent shahrida tugʻilgan 50 yoshli shaxs yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan edi.

Qoʻlga olingan shaxslar belgilangan tartibda Oʻzbekistonga olib kelinib, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid