"Chorvoqni egallab olgan" jinoiy toʻdalar qoʻlga olindi
Boʻstonliq tumanidagi dam olish plyajida ikki jinoiy guruh aʼzolari oʻrtasida janjal yuz bergan.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va IIBB oʻtkazgan tadbirlarda noqonuniy jinoiy faoliyatga chek qoʻyildi.
Maʼlum boʻlishicha, Boʻstonliq tumanidagi dam olish plyajida ikki jinoiy guruh aʼzolari oʻrtasida janjal yuz bergan.
Birinchi guruh ikkinchi guruh vakillariga ttan jarohati yetkazgani sabab qoʻlga olingan. Ammo biroz vaqt oʻtgach, ikkinchi guruh vakillari birinchi guruhning qoʻlga olinmagan vakilini qattiq kaltaklagan.
Tezkor tadbirda ikkinchi guruhning qator vakillari ushlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchilarning birinning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan eksremizmni qoʻllovchi materiallar topilgan.
Hozirda JKning 277-moddasi boʻyicha ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
