platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida jamoat transportining yangi tariflari eʼlon qilindi

Naqd puldagi tariflar qayta koʻrib chiqildi va ular elektron toʻlov tarifiga nisbatan 30 foizga yuqori etib belgilandi. 

Toshkent viloyatida jamoat transportining yangi tariflari eʼlon qilindi

Toshkent viloyatida jamoat transportining yangi tariflari belgilandi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida aytiladi. Qaror 2026 yil 20 iiyul kuni qabul qilingan.

Unga koʻra, soatlik, kunlik, uch oylik, olti oylik va yillik limitsiz tariflar rejasini ishlab chiqilib, yoʻnalishlarda yoʻlkira uchun naqd pulda toʻlovlar boʻyicha tariflarni qayta koʻrib chiqish va ularni elektron toʻlov tarifiga nisbatan 30 foizga yuqori etib belgilash hamda tariflarni kelishish va tasdiqlash belgilandi.

Bunda, bir nafar yoʻlovchi uchun qatnov transport kartalari va bank kartalari orqali amalga oshirilganda bir martalik ragʻbatlantiruvchi tarif – 2 000 (ikki ming) soʻm (QQS bilan);

- yoʻlkira uchun naqd pulda toʻlovlar boʻyicha tariflarni qayta koʻrib chiqish va ularni elektron toʻlov tarifiga nisbatan 30 foizga yuqori etib bir yoʻlovchi uchun naqd pulda 2600 (ikki ming olti yuz) soʻm (QQS bilan);

- bir nafar yoʻlovchining yukini tashish boʻyicha xizmat uchun –2600 (ikki ming olti yuz) soʻm(QQS bilan) etib belgilandi.

Ushbu qaror eʼlon qilingandan darhol kuchga kirishi belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid