platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov ishdan olindi

U investitsiya va tashqi savdo masalalariga befarqligi uchun lavozimdan olingan. Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Oʻmon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elchilarning faoliyati ham yetarli darajada koʻrinmayotgani qayd etildi. 

Oʻzbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov ishdan olindi

Oʻzbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov ishdan olindi.

Soʻnggi yillarda oliy darajadagi 52 ta tashrif doirasida 213 milliard dollarlik 1 ming 617 ta investitsiya loyihasi boʻyicha kelishuvlarga erishilgan. Lekin bu loyihalar ijrosini nazorat qilishda sustkashliklar kuzatilayotgani qayd etildi.

Endilikda “yoʻl xaritalari” Hisob palatasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritilishi belgilandi.

Bosh vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elchilar bilan birga “yoʻl xaritalari”ni davlatlar kesimida, “loyihabay” muhokama qilish topshirildi.

Davlatimiz rahbari xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati boʻyicha ham koʻp eʼtirozlar borligini bildirdi. Belarusdagi elchi investitsiya va tashqi savdo masalalariga befarqligi uchun lavozimidan ozod etilgan, Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Oʻmon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elchilarning faoliyati ham yetarli darajada koʻrinmayotgani qayd etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga komissiya tuzib, iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport boʻyicha diplomatik vakolatxonalarning ishini tahlil qilish, oʻz vazifasini bajara olmayotganlarni yosh, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan almashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid