platina.uz
Iqtisod

Islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

Tadbirkorlik subʼektlari tomonidan islomiy bank tashkil etish hamda anʼanaviy banklar tomonidan "islomiy darchalar" ochish boʻyicha huquqiy asoslar yaratildi. 

Islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

Islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi.

Adliya vazirligi Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3252-7, 2026 yil 17 iyul).

"Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan islomiy bank tashkil etish hamda anʼanaviy banklar tomonidan "islomiy darchalar" ochish boʻyicha huquqiy asoslar yaratildi.

Bunda, islomiy banklar ("islomiy darchalar")ni tashkil etish etishda quyidagilar majburiy hisoblanadi:

- Islomiy moliya kengashi aʼzolarining Markaziy bank bilan kelishilganligi;

- Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq boʻlgan islomiy bank faoliyatiga masʼul boʻlgan rahbar xodimning mavjud boʻlishi;

- islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosatining mavjudligi va boshqalar.

Bankning islomiy moliya kengashida:

- kamida 3 ta aʼzo, shu jumladan rais va uning oʻrinbosari islomshunoslik mutaxassisliklari yoxud ushbu fanlar oʻqitilgan mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga;

qolgan aʼzolar moliya-iqtisod, yuridik yoki islomshunoslik mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi lozim;

- islomshunoslik mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan aʼzolar (islom huquqi boʻyicha mutaxassis aʼzo) islom huquqini qoʻllash sohasida 5 yillik ish tajribasiga;

-moliya-iqtisod yoki yuridik mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan aʼzolar (texnik ekspert aʼzo) bank yoki moliya tizimida yoxud huquq sohasida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak;

- kamida 1 ta aʼzo (2027 yil 1 iyuldan barcha aʼzolar) AAOIFI tashkiloti tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlishi zarur;

- barcha islom huquqi boʻyicha mutaxassis aʼzolar arab tilini bilishi, shu jumladan arab tilidagi islom huquqi masalalariga oid birlamchi manbalarni tushunishi va izohlay olishi lozim.

Islomiy bank faoliyatiga masʼul boʻlgan rahbar xodim bank yoki moliya tizimida 7 yillik ish tajribasiga, moliya-iqtisod yoki islomiy moliyasi yoʻnalishida oliy maʼlumotga hamda AAOIFI tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlishi lozim.

Bunda tashqari, Markaziy bank bilan kelishib olingan bankning rahbar xodimlari oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishganligi toʻgʻrisida 5 ish kuni ichida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor etish talabi bekor qilinmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid