platina.uz
Siyosat

Buxoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Viloyatda aylanmasi 100 million soʻmdan yuqori boʻlgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 soʻm ham foyda soligʻi toʻlamagan. Shuningdek, 1,5 mingta korxona qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamasdan, faqat QQSNI chegirib yurgan.

Buxoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Soliq tushumlari boʻyicha ham mavjud imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Yil boshidan soliq tushumi 27 foizga koʻpayib, 130 trillion soʻmdan oshdi.

Lekin qoʻshimcha tushum boʻyicha yillik reja atigi 40 foizga bajarilgan. Bu 12 trillion soʻmni tashkil etadi. Viloyat hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari soliq tushumi boʻyicha korxonalar bilan yetarli ishlamayotgani tanqid qilindi.

Buxoro viloyati misolida aylanmasi 100 million soʻmdan yuqori boʻlgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 soʻm ham foyda soligʻi toʻlamagani aytildi.

Shuningdek, 1,5 mingta korxona qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamasdan, faqat QQSNI chegirib yurgani qayd etildi. Shu bois, Buxoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Botir Ahmedov lavozimidan ozod etildi.

1 iyuldan 498 ta yirik soliq toʻlovchi korxonadan soliq undirish vakolati viloyatlarga tushirib berilgani qayd etilib, endi birorta bahonaga oʻrin qolmagani taʼkidlandi. Viloyat hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, viloyat soliq rahbarlariga mazkur korxonalar bilan yaqindan ishlab, soliqlar toʻliq hajmda yigʻilishini taʼminlash topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid