Bosh vazir bugunning oʻzida 17 nafar hokimning lavozimga loyiqligini koʻrib chiqadi
Eksport yoʻnalishida qator tuman va shaharlarda oʻzgarish boʻlmagani koʻrsatib oʻtildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzachoʻl, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi.

Prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda olti oy yakuni boʻyicha sanoat va eksport koʻrsatkichlari ham tanqidiy tahlil qilindi.
Birinchi chorak yakunida sanoat rejasiga chiqmagan 13 ta tuman hokimi va eksportni kamaytirgan 15 ta tuman hokimi jazolangan edi. Koʻpchilik hokimlar bundan xulosa chiqarib, olti oylik prognozlarni bajardi. Lekin ayrim tuman va shaharlarda sanoat oʻsishi surʼati pasaygani qayd etildi.
Yangiobod tumanida sanoat oʻsishi prognoz qilingan 5,7 foiz oʻrniga atigi 1,8 foizni tashkil etdi. Gʻozgʻon shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham oʻsish surʼati tushib ketgan.
Eksport yoʻnalishida ham qator tuman va shaharlarda oʻzgarish boʻlmagani koʻrsatib oʻtildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzachoʻl, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi.
Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning oʻzida koʻrib chiqish topshirildi.
Toʻqqiz oy yakunida oʻzgarish boʻlmasa, viloyat hokimi oʻrinbosarlariga nisbatan ham qatʼiy chora koʻrilishi belgilandi.
