platina.uz
Jamiyat

Anomal issiqda elektr uzilishi boʻyicha murojaatlar koʻpaydi

Prezident Xalq qabulxonasiga oʻtgan hafta davomida (13-19-iyul) jami 19 890 ta murojaat tushgan. Bola nafaqasi va aliment undirish masalalari hamon dolzarbligicha qolgan. 
 

Anomal issiqda elektr uzilishi boʻyicha murojaatlar koʻpaydi

Oʻtgan hafta davomida (13-19-iyul) jami 19 890 ta murojaat tushgan boʻlib, unda fuqarolar tomonidan 21 282 ta masala koʻtarilgan.

Bola nafaqasi va aliment undirish masalalari hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston boʻylab elektr uzilishlari boʻyicha murojaatlar koʻpaygan. Xususan, elektr uzilishlari boʻyicha 1012 ta, elektr obʼektlarini taʼmirlashga oid 356 ta murojaat kelib tushdi.

​Eng koʻp murojaat tushgan tashkilotlar:

​IHMA (Ijtimoiy himoya milliy agentligi): 3 432 ta

​Energetika vazirligi: 2 950 ta

​IIV (Ichki ishlar vazirligi): 2 063 ta

​MIB (Majburiy ijro byurosi): 1 880 ta

​Bosh prokuratura: 1 125 ta

​SSV (Sogʻliqni saqlash vazirligi): 1 068 ta.

Eng koʻp murojaat qilingan masalalar:

​Bola nafaqasi: 1 750 ta

​Aliment undirish: 1 049 ta

​Elektr uzilishlari: 1 012 ta

​Gaz baloni taʼminoti: 844 ta

​Huquqbuzarlikka oid masalalar: 416 ta

​Surishtiruv va tergov jarayonlari: 376 ta

​Bir martalik moddiy yordam olish: 359 ta

​Elektr obʼektlarini taʼmirlash: 356 ta.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid