platina.uz
Jamiyat

Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan umra vizasini joriy etdi

Koʻp martalik umra vizasi Haj mavsumi davrida umra amallarini bajarish huquqini bermaydi. Ushbu davrda Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan alohida tartib-qoidalar amal qiladi. 

Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan umra vizasini joriy etdi

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi tomonidan umra ziyoratchilarini yanada qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash maqsadida koʻp martalik umra vizasi tartibi joriy etildi.

Mazkur tartibga muvofiq, endi umra vizasini 365 kun (1 yil) muddatga amal qiladigan koʻp martalik kirish vizasi sifatida rasmiylashtirish mumkin.

Vizaning asosiy shartlari:

Viza amal qilish muddati - 365 kun (1 yil);

Ushbu muddat davomida Saudiya Arabistoniga bir necha marta kirish imkoniyati mavjud;

- Mamlakat hududida boʻlishning umumiy muddati 90 kundan oshmasligi lozim;

- Har bir safar oldidan Nusuk platformasi orqali mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar tanlanib, umra ruxsatnomasi (Permit) rasmiylashtirilishi shart.

Mazkur tartib Nusuk platformasini xorijlik ziyoratchilar oʻrtasida keng joriy etish, umra xizmatlarini raqamlashtirish hamda ziyoratchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan.

Koʻp martalik umra vizasi Haj mavsumi davrida umra amallarini bajarish huquqini bermaydi. Ushbu davrda Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan alohida tartib-qoidalar amal qiladi.

Shuningdek, mazkur vizaning amal qilish muddati 1 yil boʻlsa-da, Saudiya Arabistonida boʻlishning umumiy muddati 90 kundan oshmasligi lozim.

Agar ziyoratchi bir martagi tashrifida 90 kunlik muddatdan toʻliq foydalansa, uning mazkur vizasi boʻyicha ruxsat etilgan boʻlish muddati tugaydi va ushbu viza asosida qayta kirish imkoniyati boʻlmaydi. Keyingi safar uchun yangi umra vizasini rasmiylashtirish talab etiladi.

Agar ziyoratchi yil davomida bir necha marta Saudiya Arabistoniga kirsa, barcha tashriflar davomida mamlakatda boʻlgan kunlar yigʻindisi 90 kundan oshmasligi shart.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid