platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda salkam 2 mlrd soʻm keshbek sifatida talon-toroj qilindi

MChJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, goʻyoki 16,6 mlrd soʻmlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta maʼlumotlar rasmiylashtirishgan. 

Jizzaxda salkam 2 mlrd soʻm keshbek sifatida talon-toroj qilindi

Jizzax viloyatida 1,9 mlrd soʻm mablagʻlar keshbek sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda fuqarolar R.A., T.Sh. hamda “B.R.” va “A.A.” MChJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, goʻyoki 16,6 mlrd soʻmlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta maʼlumotlar rasmiylashtirib, goʻyoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotilganligi haqida 3 106 dona xarid cheklarini chiqargan. Soʻngra ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida toʻlab berib, 1,9 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid