Davaktiv sobiq rahbari Akmalxon Ortiqov ishi sudga oshirildi
U joriy yil yanvar oyida agentlikdagi korrupsiyaviy sxemalar sabab tanqidga uchrab, qamoqqa olingandi.

Davaktivning sobiq rahbari Akmalxon Ortiqov ishi sudga oshirildi. Bu haqda Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi tomonidan 20 iyulga cud majlisiga tayinlangan jinoyat ishlari roʻyxatida maʼlum qilingan.
Akmalxon Ortiqov Jinoyat kodeksining 167 (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 206 (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) hamda 209-moddalari (mansab soxtakorligi) boʻyicha ayblanmoqda.
Jinoyat ishi doirasida Ortiqov bilan birga yana 5 nafar shaxs ham mahkamada javob beradi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev agentlikda korrupsiyaviy sxemalar aniqlanganini maʼlum qilib, Akmalxon Ortiqovni lavozimidan ozod etgan edi. Shundan soʻng u qamoqqa olingandi.
