platina.uz
Jamiyat

Alifboga tuzatishlar biror ortiqcha xarajatga olib kelmaydigan tarzda oʻtkaziladi — ekspert

Qonunchilik palatasi qabul qilgan alifboga tuzatishlar haqidagi qonun loyihasi qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Ekspert Shahnoza Soatova bu masala yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi.

Alifboga tuzatishlar biror ortiqcha xarajatga olib kelmaydigan tarzda oʻtkaziladi — ekspert

Qonun loyihasi toʻgʻrisida tarqatilgan maʼlumotlarda hamda keyinchalik mutaxassislar bergan tushuntirishlarda ham ushbu tuzatishlar tufayli shoshilinch xarajatlarga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan edi.

Jumladan, qanchalik murakkab boʻlmasin, har qanday rasmiy hujjat, davlat belgilari, darslik va boshqalar toki ular oʻz muddati kelib almashmaguncha oʻz kuchida qolishi, barcha oʻzgartirishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi taʼkidlanmoqda.

Koʻp tasdiqlanmagan xabarlar, jumladan, ismlar yozilgan avtoraqamlar chiqarilishi bahonasida alifbo tuzatilayotganligi yoki shu kabi oʻzgarishlar tufayli alifbo almashishidan kimningdir manfaatdorligiga oid fikrlar hech qanday asosga ega emas.

Aslida, koʻp sonli tilshunoslik va turdosh sohalar mutaxassislari taʼkidlaganidek, alifbomiz va tilimiz bugungi raqamli zamonda rivojlanishi uchun taklif etilayotgan oʻzgartirishlarga ehtiyoj allaqachon yetilib boʻldi.

Shu bois, alifboga kiritilayotgan oʻzgartirishlar biror ortiqcha xarajatlarga yoki boshqa sohalardagi islohotlarga bogʻliq emas, balki sohani rivojlantirish borasidagi tadrijiy qadam sifatida koʻrilishi kerak.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid