Rustam Joʻrayev Prezident davlat xavfsizligi xizmati raisi etib tayinlandi
U avval Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Rustam Joʻrayev Prezident davlat xavfsizligi xizmati raisi etib tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Rustam Mirzayevich Joʻrayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi. U avval Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Unga general-leytenant maxsus unvoni berildi.
U 2020 yil dekabridan buyon Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonovning oʻrnini egalladi. U 17 iyul kuni kechqurun ishdan haydalgani maʼlum boʻlgandi.
