platina.uz
Jamiyat

Zangiotadagi zapravkada yongʻin yuz berdi, uch kishi jarohatlandi

Gaz toʻldirish shoxobchasi hududida oʻrnatilgan propan saqlash sigʻimi va propan gaz tashishga moʻljallangan maxsus avtomobilda portlash roʻy bergan.

Zangiotadagi zapravkada yongʻin yuz berdi, uch kishi jarohatlandi

Zangiotadagi zapravkada yongʻin yuz berdi. Uch kishi jarohatlangan.

16 iyul kuni soat 22:46 da Toshkent viloyati FVBBga, Zangiota tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlida joylashgan avtomobillarga propan gaz toʻldirish shoxobchasi hududida oʻrnatilgan propan saqlash sigʻimi va propan gaz tashishga moʻljallangan maxsus avtomobilda chaqnash roʻy berganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv boʻlinmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borishgan. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Dastlabki, maʼlumotlarga koʻra uch nafar fuqaro tan jarohati olib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda yongʻin toʻliq oʻchirilgani maʼlum qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid