platina.uz
Iqtisod

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi

Ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablagʻlaridan foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish imkoniyati yaratiladi. 

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi.

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga oʻzgartirishni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3281-6, 16.07.2026 y.).

Oʻzbekiston Respublikasi "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qonunining 15-moddasiga koʻra, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bogʻliq holda chet el valyutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Bunda, maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablagʻlar qatʼiy ravishda buyurtmalarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.

Bugungi kunda bir shartnoma doirasida sotib olingan valyuta mablagʻlaridan boshqa shartnoma uchun foydalanish zarurati tugʻilganda, mijozlar tomonidan ushbu valyutalar bankka sotilishi va yangi maqsad uchun qayta sotib olinishi talab etiladi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan tadbirkorlik subʼektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablagʻlaridan foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish imkoniyati yaratilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid