Oʻzbekistonda kuchli jazirama qachon chekinishi aytildi
20 iyun kuni respublika hududining katta qismida ekstremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida havo harorati pasayishi boshlanadi.

Oʻzbekistonda kuchli issiq qachon chekinishi maʼlum qilindi.
Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 42-45 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 46-48 darajagacha isiydi.
Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, choʻl hududlarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. 20 iyun - dushanba kuni respublika hududining katta qismida ekstremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida havo harorati pasayishi boshlanadi.
21 iyul - seshanba kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha issiq chekina boshlaydi. Havo harorati 6-9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun kunduzgi havo harorati 41-43 daraja, shanba va yakshanba kunlari 43-45 daraja, kechalari esa harorat 25-28 daraja boʻladi.
