OTMlar uchun kvotalar eʼlon qilindi
Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yoʻnalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari ham tasdiqlandi.

OTMlar uchun kvotalar tasdiqladi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.
Davlat qabul komissiyasi tomonidan 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:
- Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yoʻnalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;
- Bakalavriat va magistratura boʻyicha umumiy qabul parametrlari taʼlim shakllari hamda oʻqitish tillari kesimida;
- Tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa yoʻnalishlarning ixtisoslashuviga koʻra qabul taqsimoti;
- Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
- Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qoʻshimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari;
- Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qoʻshimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari;
- Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari;
- Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul koʻrsatkichlari;
-Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qoʻshimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
- “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qoʻshimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari;

- Oʻrmonchilar va ularning farzandlari uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari;
- Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti oʻrinlari;
- Davlat granti ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha taqsimoti;
- Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki taʼlimga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar roʻyxati;
- Maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va sanʼat sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari;
- Maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun dual taʼlim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;
- Oliy malaka toifasiga ega maktab oʻqituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy taʼlim boʻyicha maqsadli qabul;
- 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida toʻlov-kontrakt oʻrni;
- Xotin-qizlar uchun kunduzgi taʼlimga qoʻshimcha 4 000 ta davlat granti;
- Green University uchun vakant davlat buyurtmasi oʻrinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;
- Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Moʻgʻuliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari.
