platina.uz
Iqtisod

Ipoteka toʻlayotganlarga soliq imtiyozi avtomatik berilishi mumkin

Soliq qoʻmitasi ipoteka krediti, toʻlangan asosiy qarz va foizlar, subsidiya, uy-joyga mulk huquqi, ish haqi hamda boshqa zarur maʼlumotlarni vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda oladi. 

Ipoteka toʻlayotganlarga soliq imtiyozi avtomatik berilishi mumkin

Ipoteka toʻlayotganlarga soliq imtiyozini avtomatik berish yoʻlga qoʻyiladi.

Hukumat qarori loyihasiga koʻra, 2027 yil 1 yanvardan boshlab ipoteka kreditini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlar uchun beriladigan soliq imtiyozlarini proaktiv, yaʼni avtomatik tartibda qoʻllash joriy etilishi kutilmoqda.

- Endi fuqaro soliq imtiyozini olish uchun alohida ariza yozmaydi va hujjat toʻplamaydi.

- Soliq qoʻmitasi ipoteka krediti, toʻlangan asosiy qarz va foizlar, subsidiya, uy-joyga mulk huquqi, ish haqi hamda boshqa zarur maʼlumotlarni vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda oladi.

- Tizim maʼlumotlarni avtomatik taqqoslab, fuqaroning soliq imtiyoziga haqli ekanini aniqlaydi, shundan soʻng Soliq organlari deklaratsiyani elektron shakllantiradi.

- Hisoblangan imtiyoz haqida fuqaro shaxsiy kabinet, “Soliq” mobil ilovasi, SMS yoki elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

- Agar fuqaro 5 kun ichida tuzatish kiritmasa, avtomatik shakllantirilgan deklaratsiyaga rozi deb hisoblanadi.

Shuningdek, loyihaga koʻra:

Yosh oilalar uchun ipoteka boʻyicha soliq imtiyozi subsidiya olingan-olinmaganidan qatʼi nazar qoʻllanadi.

2026 yil 1 sentabrga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tijorat banklari ipoteka va subsidiyaga oid maʼlumotlarni real vaqt rejimida Soliq qoʻmitasiga elektron tarzda uzatadi.

2026 yil 1 noyabrga qadar esa yangi proaktiv xizmat Elektron soliq xizmatlari portali, “Soliq” mobil ilovasi va my.gov.uz orqali ishga tushiriladi.

Agar ipoteka hisobiga sotib olingan yoki qurilgan uy-joy mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin 36 oy ichida boshqa shaxsga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi bekor qilinadi. Ilgari berilgan imtiyozlar qayta hisoblanadi va fuqaroga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi haqida xabar yuboriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid