platina.uz
Jamiyat

Avtomobil yoki koʻchmas mulklar sotilishi yoki garovga qoʻyilishiga MyGov orqali taqiq qoʻyish mumkin boʻladi

Koʻchmas mulk obʼektlari va avtotransport vositalariga qoʻyilgan taqiqni kreditlar toʻliq soʻndirilganda proaktiv shaklda, yaʼni fuqaro murojaatisiz ham yechish yoʻlga qoʻyiladi. 

Avtomobil yoki koʻchmas mulklar sotilishi yoki garovga qoʻyilishiga MyGov orqali taqiq qoʻyish mumkin boʻladi

Prezidentning "Aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

2026 yil 1 oktabrdan Oʻzbekistonda avtomobil va koʻchmas mulk egalari oʻz mulkining sotilishi yoki garovga qoʻyilishiga MyGov portali orqali taqiq oʻrnatishi mumkin boʻladi;

Koʻchmas mulk obʼektlari va avtotransport vositalariga qoʻyilgan taqiqni kreditlar toʻliq soʻndirilganda proaktiv shaklda, yaʼni fuqaro murojaatisiz ham yechish yoʻlga qoʻyiladi;

Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi kabi birlamchi maʼlumotlar oʻzgartirilganda tegishli elektron shakldagi hujjatlarga fuqarolarning qoʻshimcha arizalarisiz oʻzgartirish kiritiladi.

Yaʼni fuqaro idorama-idora yurib, hujjatlarini yangilab yurmaydi. Ayni paytda birlamchi maʼlumotlar oʻzgartirilganda ID-karta, haydovchilik guvohnomasi va “zagran” pasportni qayta rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Jismoniy shaxslarga moʻljallangan kredit, muddatli toʻlov, nasiya savdoga oid har qanday reklamada tovarning (ishning, xizmatning) joriy qiymatiga nisbatan qancha summa qoʻshib toʻlash kerakligi, yakuniy qiymati qancha boʻlishi xususidagi maʼlumotlar aks ettirilishi shart boʻladi;

Mikroqarz boʻyicha shartnomalarning dastlabki qismida shartnomaning asosiy yuzasining kamida 30 foizini egallaydigan matnli ogohlantirish axboroti va reklama materiallarida salbiy oqibatlar haqidagi ogohlantirish axborotini joylashtirish majburiy boʻladi. Isteʼmolchini chalgʻituvchi deb topilgan kredit mahsulotlarini vaqtinchalik yoki doimiy taqiqlash amaliyoti joriy etiladi;

ID-kartasi, “zagran” pasport yoki yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati yoʻqotib qoʻyilganda yoki yaroqsiz holga kelganida fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilmasdan, qoʻshimcha davlat boji toʻlash orqali yangi hujjat rasmiylashtirib beriladi;

Spam-qoʻngʻiroqlar tartibga solinadi. Mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yoʻli bilan tovar (ish, xizmat)larni taklif qilish faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligi olingandan soʻng amalga oshiriladi.

Telefonda reklama xabarnomalari va qoʻngʻiroqlar faqat kunduzgi vaqtda – soat 09.00 dan 18.00 gacha tarqatiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid