platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Afrikadan yuborilgan kokain aniqlandi

 Serra-Leone davlatidan yuborilgan kurerlik joʻnatmasi tekshirilgan. 

Toshkentda Afrikadan yuborilgan kokain aniqlandi

Toshkentda Afrikadan yuborilgan 728 gr kokain, Boʻstonliqda esa 17,6 ming tup koʻknori aniqlandi.

Respublikamizda oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Serra-Leone davlatidan yuborilgan kurerlik joʻnatmasini Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy kurerlik pochtasidan qabul qilib olgan vaqtida Yashnobod tumanida yashovchi, 1983 y.t., muqaddam sudlangan shaxs toʻxtatildi va unga tegishli joʻnatma tekshirildi.

Natijada, avtoehtiyot qismlari ichiga 728 gr “kokain” moddasi yashirib qoʻyilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan zip paketlarga solingan kukunsimon moddalar va tarkibida narkotiklar boʻlgan shirinliklar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1971 y.t. fuqaro taqiqlangan koʻknori oʻsimligini ekib, parvarishlab kelayotganligi maʼlum boʻldi.

Gilavasoy qishlogʻi togʻ yon bagʻirlaridagi yer maydoni koʻzdan kechirilganda, jami 17600 tup koʻknori va 9 tup kannabis oʻsimliklari mavjudligi aniqlandi.

Bundan tashqari, ushbu shaxsning yashash xonadonida quritilgan koʻknori boshoqlari hamda quritib, maydalangan holda saqlanayotgan koʻknori borligi maʼlum boʻldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi va 25,273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid