platina.uz
Siyosat

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi


Abdulla Abduqodirov agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. U avval ushbu agentlikka rahbarlik  ham qilgandi. 

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:

Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Tohirjon Baxodirovich Safarov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Sardor Umrzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid