Oʻzbekistonda anomal issiq kuchayishi maʼlum qilindi
Havo harorati 43-45 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 46-48 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

Oʻzbekistonga kuzatilayotgan anomal issiq kuchayishi maʼlum boʻldi. Bu haqda "Oʻzgidromet" rahbari bayonotida aytiladi.
Joriy yilning 18-20 iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.
Issiq 43-45 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 46-48 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Avvalroq 13-17 iyul kunlari juda kuchli issiq kuzatilishi maʼlum qilingandi.
