platina.uz
Jamiyat

Jazirama yanada kuchayadi: nimalar qilmoq kerak?

Kunning eng issiq paytlarida koʻchaga chiqmaslik, jismoniy faollik va zarur ishlarni ertalab yoki kechqurun bajarish tavsiya etiladi. Ochiq rangli, yengil, keng kiyim va bosh kiyim kiyish yaxshiroq sanaladi.

Jazirama yanada kuchayadi: nimalar qilmoq kerak?

Jazirama issiq paytida tananing qizib ketishi va sogʻliqning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun oddiy ehtiyot choralariga rioya qilish muhim.

Jaziramada nimalar qilish kerakligi boʻyicha tavsiyalar eʼlon qilindi.

Chanqoq his qilmasangiz ham, muntazam ravishda suv iching. Kofe, shirin gazlangan va quvvat beruvchi ichimliklarni cheklang.

Iloji boricha, kunning eng issiq paytlarida koʻchaga chiqmang. Jismoniy faollik va zarur ishlarni ertalab yoki kechqurun bajarish tavsiya etiladi.

Ochiq rangli, yengil, keng kiyim va bosh kiyim kiying. Koʻchada yurganingizda soyada yoki salqin xonada tez-tez dam olib turing.

Uyda toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan pardalarni yoping, xonalarni salqin paytda shamollating hamda plita va duxovkadan kamroq foydalanishga harakat qiling.

Keksa yoshdagilar, bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklarga chalingan kishilarga alohida eʼtibor qarating. Ularni nazoratsiz qoldirmang va salomatligidan muntazam xabar olib turing.

Kuchli holsizlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, tomir tortishishi va koʻp terlash issiqlikdan toliqish alomatlari boʻlishi mumkin. Bunday odamni salqin joyga oʻtkazish, ortiqcha kiyimlaridan xalos qilish va suv berish kerak.

Hushning chalkashishi yoki yoʻqolishi, terining quruq va issiq boʻlishi, nafas olishning qiyinlashishi va qusish issiq urganidan dalolat berishi mumkin. Bunday vaziyatda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish lozim.

Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid