platina.uz
Jamiyat

My.gov.uz orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni kengaytiriladi

Telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot olish mumkin boʻladi. 

My.gov.uz orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni kengaytiriladi

My.gov.uz orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni kengaytiriladi.

"Aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-265-son, 15.07.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026 yil 1 oktabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etiladi:

- jismoniy va yuridik shaxslarga oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obʼektlari va avtomototransportlarni garovga yoki ipotekaga qoʻyishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qoʻyish yoki uni bekor qilish;

- fuqarolarning oʻz nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari toʻgʻrisida maʼlumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:

- telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga oʻtkazish (faollashtirish) va oʻzi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish haqida arizalar kiritish;

- telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot olish;

- bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;

- fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid