Ispaniya Fransiyani yutib, ilk finalchiga aylandi
Ispaniyaliklar endi Argentina-Angliya oʻyini gʻolibi bilan finalda oʻynaydi.

Ispaniya Fransiyani ishonchli hisobda magʻlub etib, finalga yoʻl oldi.
2026 yilgi Jahon chempionatining ilk yarim final uchrashuvi yakunlandi.
Fransiya – Ispaniya 0:2
Gollar: 22 - Mikel Oyarsabal, 59 - Pedro Porro.
Ispaniya endi Argentina-Angliya oʻyini gʻolibi bilan finalda oʻynaydi. Fransiya esa bronza medal uchun kurash olib boradi.
