platina.uz
Jamiyat

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilari qoʻlga olindi

Ulardan biri fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytirish maqsadida ajratilgan salkam yarim mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan. 

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilari qoʻlga olindi

Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilarining imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirganlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinkoʻl tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda "U.T." va "Q.A." MChJlarning masʼul shaxslari, "Qayirma" MFY hokim yordamchisi va boshqalar oʻzaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlarini xizmat koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarda bajarildi deb koʻrsatib, 442,3 mln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Departamentning Mirzaobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Toshkent" MFY sobiq hokim yordamchisi va boshqalar oʻzaro til biriktirib, mazkur MFYda yashovchi 8 nafar fuqaroga ajratilgan 248 mln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini taʼminotchi korxonalar orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "L.A." MChJ rahbari A.K. va “Forobiy” MFY sobiq hokim yordamchisi oʻzaro til biriktirib, fuqarolarga ajratilgan 163 mln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid