Toshkentda 18 gektardan oshiq yer oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi
Yerga oid eng koʻp huquqbuzarlik poytaxtning Sergeli, Yakkasaroy, Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarida qayd etilgan.

Toshkentda 18 gektardan oshiq yer oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.
2026 yilning oʻtgan 6 oyida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi boʻlim xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 1 376 ta holatda 18,3 gektar yerlar oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Yerga oid eng koʻp huquqbuzarlik poytaxtning Sergeli, Yakkasaroy, Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarida qayd etilgan.
Kadastr xodimlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 839 ta holatda 9,6 gektar yer qonun buzilish holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishilgan.
Yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni bartaraf etish boʻyicha 415 ta holatda 9 gektar yer maydoni bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan.
Yuqoridagi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining 937-son Qonuni talablariga mutanosib boʻlmagani uchun ham ushbu joylarda yer va kadastr nazorati tadbirlari amalga oshirilgan.
