platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda ommaviy zaharlanish boʻyicha sud hukmi oʻqildi

Aybdorlarga 3 yildan 3,5 yilgacha qamoq va ozodlik cheklash jazolari ham qoʻllanilgan. 

Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda ommaviy zaharlanish boʻyicha sud hukmi oʻqildi

2025 yil sentabr oyida Toshkent viloyati bogʻchalarida kuzatilgan bolalarning ommaviy zaharlanishi yuzasidan sud jarayoni yakuniga yetdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻka tuman sudi 11 nafar sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan, quyidagi shaxslar 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi:

R.O. (erkak, 1985 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ direktori)

A.S. (erkak, 1987 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ bosh texnologi)

R.X. (erkak, 1982 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi).

Quyidagi shaxslar 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi:

S.S. (erkak, 1985 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ taʼsischisi va sotuv boʻlimi menejeri)

F.O. (erkak, 1990 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ taʼsischisi va direktori oʻrinbosari)

M.N. (erkak, 1991 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ texnologi yordamchisi)

Quyidagi shaxslarga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi:

J.X. (erkak, 1993 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, “Governess Business” MChJ direktori)

I.S. (erkak, 2000 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MChJ direktori)

B.R. (erkak, 1992 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, “Nishon invest” MChJ direktori)

F.D. (erkak, 1993 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Kinder Garden Group” MChJ direktori)

D.Q. (ayol, 1997 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, “Shark Milk Product” MChJ laboranti).

Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil 26 sentabr kuni Boʻka, Piskent, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Bekobod tumanlari, Nurafshon va Olmaliq shahridagi bir qator maktabgacha taʼlim muassasalarida jami 2 mingga yaqin tarbiyalanuvchining ommaviy zaharlanishi roʻy bergandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid