Toshkent va Andijon viloyatlarida yongʻinlar kuzatildi
Andijon viloyati FVB binosining yonida joylashgan koʻp qavatli binoda yongʻin sodir boʻldi. FVB binosiga esa zarar yetmagani aytildi.

Toshkent viloyati va Andijonda yongʻinlar kuzatildi.
13 iyul kuni Toshkent viloyati FVBBga, Toshkent tumani “Uchchinor” MFYdagi xonadonlardan birining tom qismi yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga qutqaruv boʻlinmalari tezkorlik bilan yetib borib, yongʻin qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Andijon viloyati FVB binosining yonida joylashgan koʻp qavatli binoda yongʻin yuz berdi.
Bugun, 14 iyul kuni “112” tizimidan Andijon viloyati FVBga, Andijon shahar, “Hamdoʻstlik” MFY, Boburshox koʻchasida joylashgan koʻp qavatli (5 qavatli) uyning tom qismi yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan yetib borib, yongʻinni tezkorlik bilan bartaraf etishgan.
Yongʻin oqibatida jarohat olganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Taʼkidlab oʻtamiz, yongʻin oqibatida Andijon viloyati FVB binosiga zarar yetmagan.
