platina.uz
Jamiyat

Sanʼat Jumaniyazov Yangiyoʻl tumaniga hokim etib tayinlandi

U shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida masʼul lavozimda ishlab kelgan. 

Sanʼat Jumaniyazov Yangiyoʻl tumaniga hokim etib tayinlandi

Yangiyoʻl tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlandi. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy maʼruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon Qosimovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Yangiyoʻl tumani hokimi lavozimiga shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida masʼul lavozimda ishlab kelayotgan Sanʼat Shakirovich Jumaniyazov nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan Sanʼat Jumaniyazov Yangiyoʻl tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Avvalroq Bekobod tumaniga hokim tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid