Qoraqalpogʻiston va Xorazmda davlat bogʻchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi
Mazkur qaror bolalar salomatligini jazirama havo taʼsiridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Havo haroratining keskin oshishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududidagi bir qator davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati vaqtincha toʻxtatilishi maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, shahar va tuman hokimlarining qarorlariga muvofiq bogʻchalar quyidagi muddatlarda yopiladi:
Nukus shahri — 13–18 iyul;
Amudaryo tumani — 13–15 iyul;
Beruniy tumani — 13–17 iyul;
Xoʻjayli tumani — 13–18 iyul;
Taxiatosh tumani — 13–18 iyul;
Shumanay tumani — 13–17 iyul;
Moʻynoq tumani — 13–17 iyul;
Qonlikoʻl tumani — 13–17 iyul;
Toʻrtkoʻl tumani — 13–17 iyul.
14 - 17 iyul kunlari Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati 2026 yil 20 iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror bolalar salomatligini jazirama havo taʼsiridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida, sanitariya-epidemiologik xizmatning xulosalari va tavsiyalari asosida qabul qilingan.
