platina.uz
Jamiyat

Pulli parkovkaga haq toʻlamaganlik uchun jarima joriy qilish taklif etildi

Toshkent shahridagi pulli avtoturargohlardan kuniga taxminan 15 000 nafar haydovchi foydalanmoqda. Shulardan faqat 2–3 foizigina pul toʻlayotgani aytildi. 

Pulli parkovkaga haq toʻlamaganlik uchun jarima joriy qilish taklif etildi

Pulli parkovkaga haq toʻlamaganlik uchun jarima joriy qilish taklif etildi.

Yoʻl boʻyidagi pulli avtoturargohlardan foydalanganlik uchun toʻlovni qonunchilikda belgilangan muddatda toʻlamaslik yoki toʻlashdan boʻyin tovlash fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki baravari miqdorida (amalda 824 ming soʻm) jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin.

Toshkent shahar hokimligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli qoʻshimcha kiritishga oid hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qildi.

Hokimlikka koʻra, hozirgi kunda Toshkent shahridagi pulli avtoturargohlardan kuniga taxminan 15 000 nafar haydovchi foydalanmoqda.

Shulardan faqat 2–3 foizi, yaʼni 300–450 nafar atrofidagi haydovchi xizmat haqini toʻlamoqda.

Shuningdek, bir oy davomida bu xizmatdan taxminan 465 000 nafar haydovchi foydalanadi va ulardan faqat 9 300 – 13 950 nafari toʻlovni amalga oshiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid