Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda
Davlat rahbari Qatar sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirish maqsadida tashrif buyuradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda.
Manbalarga koʻra, yaqin vaqtlar ichida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlatining sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirish maqsadida Doha shahriga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Qatarning sobiq amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.
Prezident Qatar amiri va oilasiga taʼziya yoʻlladi.
