platina.uz
Madaniyat

Taniqli shoir Ikrom Otamurod vafot etdi

Ikrom Otamurod faoliyati davomida U. Uitmen, P. Neruda, Oʻ. Sulaymon, Ye. Yevtushenko kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Taniqli shoir Ikrom Otamurod vafot etdi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Ikrom Otamurod vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi maʼlum qildi.

Ikrom Otamurod 1951 yil 5 mayda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida taxsil olgan (1969—74).

Dastlabki sheʼriy toʻplami — «Vaqt ranglari» (1982). Shundan soʻng shoirning «Janub qushlari» (1983), «Toʻrgʻayli manzillar» (1984), «Ufqlar orti bepoyon» (1987), «Ruhimning qaygʻusi» (1995), «Sen» (1999), «Kanglum, oʻzing» (2002), «Tavr» (2005) kabi sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Bir nechta dostonlar ham yozgan («Yarador umid otlari», 1986; «Uzoqlashayotgan ogʻriq», 1990; «Sopol siniqlari», 1994; «Aning umidi», «Xaritaga tushmagan joy», 1992; «Tanazzul» va boshqa).

M. Darvish, M. Bsisu, U. Uitmen, P. Neruda, Oʻ. Sulaymon, Ye. Yevtushenko kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid