platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga taʼziya yoʻlladi

Qatar davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga taʼziya yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga uning otasi, Qatar Davlatining sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi.

Hamdardlik maktubida Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy uzoq yillar Qatar Davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi turmush darajasi va farovonligini yuksaltirish, mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga beqiyos hissa qoʻshgani, oʻz Vatanining chinakam fidoyi va olijanob farzandi boʻlgani taʼkidlanadi.

“Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi doʻstona aloqalar va hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga munosib ulush qoʻshgan Shayx Hamad Ol Soniy Aʼlo Hazratlarining yorqin xotirasi va oʻchmas nomi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi”, - deyiladi maktubda.

Davlatimiz rahbari Qatar Amiriga, uning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga, butun Qatar xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Eslatib oʻtamiz, 12 iyul kuni Qatarning sobiq amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid