platina.uz
Iqtisod

Prezident “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi

Endilikda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman Konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi. 

Prezident “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Endilikda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman Konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi.

Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega boʻlgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, oʻzining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega boʻladi.

Global investorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana shunday shaffof mexanizmlar bilan ishlashga oʻrgangan. Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uchun Oʻzbekistonning jozibadorligini oshirishi kutilmoqda.

“Mohiyatan olganda, ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investitsiyadir. Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda”, - deya taʼkidladi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb oʻn yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy natijasidir.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid