platina.uz
Biznes

Octobank ishonchli va moliyaviy barqaror bank sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi

2025 yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan baholash natijalariga koʻra, Octobank’ning kredit reytingi “Barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasiga oshirildi.

Octobank ishonchli va moliyaviy barqaror bank sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi

“Ahbor-Reyting” agentligi tomonidan taqdim etilgan ushbu reyting Octobank’ning yuqori kreditga layoqatliligi va moliyaviy barqarorligini tasdiqlaydi, shuningdek, bankning moliya bozoridagi mavqei izchil mustahkamlanib borayotganini aks ettiradi.

Bank kredit reytingining soʻnggi yillardagi barqaror oʻsish dinamikasi alohida ahamiyatga ega. Octobank reytingi “uzA” darajasidan “uzA+”ga, 2025 yil yakunlari boʻyicha esa “uzA++” darajasiga koʻtarildi.

Reytingning oshirilishi bankning izchil rivojlanishi, asosiy moliyaviy koʻrsatkichlarining mustahkamlanishi va risklarni samarali boshqarish yondashuvini aks ettiradi. Bularning barchasi mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchining yanada ortishiga xizmat qiladi.

Octobank moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish va zamonaviy moliyaviy yechimlarni rivojlantirish orqali mijozlarga ishonchlilik, barqarorlik va yuqori darajadagi xizmat koʻrsatishni taʼminlashda davom etadi.

Batafsil: Octobank rasmiy saytida.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid