Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi.
Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYeNT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo boʻlgan.
Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki ushbu sahifa orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
