Zulayho Mahkamova Bosh vazir oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
U 2024 yildan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ham ishlab kelayotgandi.

Mahkamova Zulayho Bahriddinovna Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Bugun Mahkamovaning oʻrniga yangi oʻrinbosar tayinlanishi kutilmoqda.
Zulayho Mahkamova 2018 yil 24 apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020 yildan 4 martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan.
U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.
2024 yil yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
