platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Xitoy janubi-sharqidagi fabrikada yuz bergan yongʻinda kamida 28 kishi halok boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yongʻin oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot koʻrilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Eslatib oʻtamiz, Xitoyning janubi-sharqidagi poyabzal fabrikasida sodir boʻlgan yongʻinda kamida 28 kishi halok boʻldi.

Yongʻin sodir boʻlgan Jinjiang shahri koʻpincha Xitoyning "poyabzal poytaxti" deb ataladi, chunki u dunyodagi sport poyabzallarining 20% ​​gacha ishlab chiqaradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid