platina.uz
Siyosat

Prezident Kavkaz musulmonlari idorasi raisini taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Ollohshukur Poshshozodaga  Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy saʼy-harakatlariga bagʻishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirdi. 

Prezident Kavkaz musulmonlari idorasi raisini taqdirladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy saʼy-harakatlariga bagʻishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobi uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning maʼnaviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Prezidenti ikki tomonlama madaniy-maʼrifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdi.

Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv taʼlim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Ollohshukur Poshshozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qoʻshayotgan ulkan hissasi uchun Oʻzbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid