Oʻzbekistonga janubdan juda kuchli issiq havo oqimi kirib keladi
Eng issiq kunlarda respublika hududining katta qismida harorat 41-43 darajagacha, shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida esa 44-46 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

13-17 iyul kunlari Oʻzbekistonda havo harorati 46 darajagacha koʻtarilishi mumkin.
"Oʻzgidromet" maʼlumotiga koʻra, 13-17 iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimi kirib keladi.
Eng issiq kunlarda respublika hududining katta qismida harorat 41-43 darajagacha, shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida esa 44-46 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda.
Ayrim joylarda shamol tezligi 13—18 metr/sekundgacha kuchayib, chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.
