platina.uz
Madaniyat

Madaniyat vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Nodirbek Sayfullayev madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Jahongir Ahmedov esa madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari – Kinematografiya agentligi direktori lavozimini egalladi. 

Madaniyat vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Madaniyat vazirligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:

Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Jahongir Odilxoʻjayevich Axmedov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;

Odiljon Abdugʻaniyevich Abduqahorov madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sanjar Baxtiyorovich Bobojonov madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat boʻyicha vakili boʻlinmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

Boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Baxodir Majitovich Axmedov, Avazxon Baxadirovich Tajixanov Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayevich Majidov, Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid