Hasan Solihov Prezidentning madaniyat boʻyicha vakili etib tayinlandi
Shu paytgacha mazkur lavozimda ishlagan Gʻiyosiddin Rejabov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Prezidentning madaniyat boʻyicha vakili tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Hasan Ravshanovich Solihov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat boʻyicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlab kelgan;
Gʻiyosiddin Qutbiddinovich Rejabov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat boʻyicha vakili lavozimidan ozod etildi.
