Toshkentda Tailanddan olib kelingan narkotik tranzitiga chek qoʻyildi
Qozogʻiston fuqarosi sumkasi tekshirilganda uning ichida shirinliklar va boshqa mahsulotlar niqobi ostida qadoqlangan, taxminiy ogʻirligi 11 kg boʻlgan gashish moyi borligi aniqlangan.

Tailanddan olib kelingan narkotik tranzitiga chek qoʻyildi.
Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarning II bosqichi doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari hamkorligida poytaxtning Chilonzor tumanida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Unda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Xususan, 2004 y.t. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining sport sumkasi belgilangan tartibda tekshirilganda, uning ichida shirinliklar va boshqa mahsulotlar niqobi ostida qadoqlangan, taxminiy ogʻirligi 11 kg boʻlgan gashish moyi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
U Tailand davlatidan olib kelgan ushbu narkotiklarni Qozogʻiston Respublikasiga yetkazib berishi kerak boʻlgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
