Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muloqotning uzviy va mantiqiy davomidir.

Saida Mirziyoyeva Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Bugun Saida Mirziyoyeva Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi Oʻzbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi, “Orano” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.

"Biz energetika, taʼlim, suv taʼminoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilganmiz", deya taʼkidlaydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muloqotning uzviy va mantiqiy davomidir.

